Yangiliklar

04 Noyabr 2026

Özbekiston delegatsiyasi davlat aktivlari böyiça Germaniyaning ilğor tajribasini örganmoqda

Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi davlat aktivlarini boşqariş, davlat iştirokidagi korxonalar samaradorligini oşiriş hamda korporativ boşqaruv tizimini takomillaştirişga doir ilğor yondaşuvlarni atrofliça örganmoqda.

Birinçi iş kunining asosiy tadbirlaridan biri, Germaniya Federal moliya vazirligiga taşrif böldi. Vazirlik raxbariyati bilan doktor Kristina Klass va GIZ loyihasi direktori doktor Bertold Folberg bilan ötkazilgan uçraşuvda Özbekiston delegatsiyasi davlat aktivlarini boşqarişning institutsional asoslari, şuningdek, davlat tomonidan mulkdor funksiyalarini amalga oşirişning amaliy mexanizmlari bilan tanişdi.

Korporativ boşqaruv samaradorligini oşiriş va davlat korxonalari boşqaruv organlarining masʼuliyatini kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Mavzuga oid seminar doirasida kuzatuv kengaşlari faoliyatini taşkil etiş, ularning hisobdorligini taʼminlaş, aʼzolarning vakolat va masʼuliyatini belgilaş, şuningdek, davlatning mulkdor sifatidagi funksiyalarini va korxonalarning operativ boşqaruvini bir-biridan ajratiş böyiça Germaniya yondaşuvlari körib çiqildi.

Muhokamalar davomida, şuningdek, davlat uluşlarini boşqarişning huquqiy va institutsional mexanizmlari, Germaniya korporativ boşqaruv kodeksining (DCGK) asosiy tamoyillari va ularni Özbekiston davlat sektorini isloh qiliş şaroitida amalda qöllaş imkoniyatlari örganildi.

Olmon tajribasini örganiş Özbekiston davlat korxonalarini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş, korporativ boşqaruv sifatini oşiriş, institutsional masʼuliyatni mustahkamlaş va davlat aktivlaridan samarali foydalanişni taʼminlaş böyiça amaliy yondaşuvlarni işlab çiqişga qaratilgan.

Taşrif dasturi doirasida delegatsiya vakillari, şuningdek, Germaniya Federal köçmas mulkni boşqariş agentligi (BImA) vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Özbekiston tomoni agentlik faoliyatining öziga xos xususiyatlari, uning taşkiliy modeli hamda davlat köçmas mulkini samarali boşqarişga oid yondaşuvlar bilan tanişdi.

Uşbu amaliy taşrif Özbekiston va Germaniyaning sohaviy davlat institutlari örtasidagi professional muloqotni mustahkamlaşga, amaliy bilimlar almaşinuvini kengaytirişga hamda davlat aktivlarini boşqarişning xalqaro standartlarini joriy etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.

Olingan bilimlar va örganilgan amaliyotlar davlat aktivlarini boşqarişning milliy modelini yanada takomillaştiriş, boşqaruv jarayonlarining şaffofligini oşiriş hamda masʼuliyatli davlat mulkdorining samarali faoliyati tamoyillarini mustahkamlaş uçun muhim asos böladi.

Özbekiston delegatsiyasining Germaniyaga amaliy taşrifi 5-noyabrgaça davom etadi. Keyingi kunlarda davlat köçmas mulki va yer resurslarini boşqariş, şuningdek, xususiylaştiriş jarayonlarini taşkil etiş va amalga oşiriş böyiça olmon tajribasini örganiş rejalaştirilgan.

16 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech