Yangiliklar

27 Fevral 2026

“Yoshlar kuni” doirasida g‘oliblar taqdirlandi

2026-yil 26-fevral kuni Oyim qishlog‘ida “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan keng qamrovli tadbirlar yakunida sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Hokim kubogi” doirasida shaxmat-shashka, streetball, voleybol, stol tennis hamda mini futbol yo‘nalishlarida faol ishtirok etgan yoshlar munosib rag‘batlantirildi.

Taqdirlash marosimida tuman rahbariyati tomonidan yoshlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishi va faolligi e’tirof etildi.
Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yutuqlarini munosib e’tirof etishga xizmat qildi.

14 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech