O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 24-fevral kuni o‘tkazilgan Yoshlar bilan uchrashuvida O‘zbekistonda har xaftaning payshanba kuni, vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo‘lishi belgilandi. Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitish va muammosini hal qilish belgilab berilgan.
Topshirig‘ bo‘yicha joriy yilning 12 mart kuni navbatdagi Davlat aktivlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan Jalaquduq tumani A.Raxmonov mahallasidagi ishsiz yoshlar bilan uchrashib o‘tkazildi. Ishga joylashish istagidagi Tibbiyot kolleji diplomiga ega S.Tojiddinova yashash xududiga yaqin Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Mexr shifo xususiy klinikasiga suxbat asosida ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari tadbirkorlik yo‘lga qo‘yish maqsadida 100 mln so‘m kredit olish istagidagi S.Maxmudov Milliy bank hamda Aloqa bank binosiga olib borib, yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit tariflari bilan tanishtirildi, so‘ragan kerakli xujjatlar to‘planib bankga topshirildi hamda imtiyozli kredit olish so‘rovi yuborildi.

