Xonobod shahrida aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega 97 gektar yer maydonida master rejaga muvofiq dam olish maskani tashkil etilmoqda. Unda 25 gektarlik sunʼiy koʻl, savdo koʻngilochar markazlari, “Akvapark”lar, 8 ta (har biri 100 oʻrinli) apart-otellar, 1 ta (200 oʻrinli) mehmonxona va sport, aholi dam olish maskanlari, yashil hududlar hamda boshqa turizm obyektlari barpo etiladi.
Ayni damda hududda bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Loyihalarni amalga oshirish natijasida umumiy qiymati 83,5 mln aqsh dollar investitsiya jalb qilinib, 960 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi va E-auksion savdolarida ushbu yerlar 83,5 mlrd soʻmga sotilishi rejalashtirilgan.
Batafsil e-auksion savdolari bilan tanishish uchun ushbu havolaga o'ting

