Yangiliklar

21 Noyabr 2025

Vazirlar Mahkamasining 709-son qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 21-noyabr kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,

-Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyun kungi  “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Yangi taxriri) OʻRQ-387-sonli  Qonuni,

-Oʻzbekiston Respublikasining  2021-yil 15-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli  Qonuni,

-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 709-son qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. 

Oʻquv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur normativ hujjat boʻyicha tushuntirishlar berildi.  

 

53 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech