Yangiliklar

12 May 2025

O‘quv seminari bo'lib o'tdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy  boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 8-май kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustivor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmonining,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son Qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

O‘quv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur normativ huquqiy hujjatlar bo‘yicha  tushuntirishlar berildi.  

18 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech