Joriy yilning 26-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi binosida ochiq muloqot shaklidagi qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar, tadbirkorlar va investorlar tomonidan davlat aktivlarini xususiylashtirish, davlat mulkini ijaraga berish hamda boshqarma faoliyatining boshqa yo‘nalishlariga oid murojaatlar va takliflar tinglandi. Murojaatchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur ochiq muloqot fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishga xizmat qildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi kelgusida ham fuqarolar, tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq va samarali muloqotni davom ettiradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi matbuot xizmati.

