Andijon va Izboskan tumanlarida tadbirkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish hamda ularni auksion savdolari orqali realizatsiya qilish tartiblarini tushuntirishga bag‘ishlandi.
Seminarda viloyat hokimligi ishchi guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

