Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 13-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.
Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.
Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Davaktiv agentligining veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan 5 kun avval eʼlon qilinadi.
Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.