Yangiliklar

05 Dekabr 2024

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 18-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Davaktiv agentligining veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

Andijon viloyati Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy

Masʼul xodim A.Zulunov (90) 542-57-17

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech