Yangiliklar

16 Iyul 2025

Sud boshqaruvchilariga oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasida Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi bilan birgalikda joriy yilning 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1069-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1070-son Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini viloyatda faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilarga yetkazish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv seminarda boshqarmaning Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish boʻyicha bosh mutaxassisi tomonidan mazkur Qonunning har bir moddasi boʻyicha tushuntirishlar berildi.

 

 

 

39 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech