Yangiliklar

25 Noyabr 2024

Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda

Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda

Madaniy hordiq maskanlarini, ularning yerlarini hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirishni, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (engil turdagi obʼektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootni qurilish osti maydonini kengaytirishn taqiqlanadi.

Tegishli qonun loyihasi parlamentga kiritildi.

Bu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan “yashil bogʼlari” muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʼyxatiga kiritilyapti.

“Yashil bogʼlari” va ularning yerlarini ham begonalashtirish, ularning hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirish taqiqlanmoqda.

1 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech