Yangiliklar

20 Oktyabr 2026

Andijon viloyatida tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi

Bugun, Andijon viloyati Andijon shahrida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining an’anaviy ravishda ketma-ket oltinchi yil o‘tkazilayotgan Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirkorlar, investorlar va keng jamoatchilikka hududda xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari, yer uchastkalari va yaratilayotgan yangi imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


Roadshow taqdimotida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Otabek Alimjanov, «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ Andijon viloyat hududiy vakili Akmal Turdiyev, Davlat mulki obyektlardan samarali foydalanish markazi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Arabboyev, Andijon viloyati hokimligi vakili Abror Qirg'izbayev hamda Andijon viloyatining tashkilotlari rahbarlari, 400 nafardan ortiq tadbirkorlar va investorlar hamda hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdilar.


Taqdimotda Davlat aktivlari agentligi tomonidan davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda budjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Otabek Alimjanov o‘z nutqida shunday ta’kidladi:
«2026 yillarda fuqarolar va tadbirkorlarga doimiy foydalanishda, ijarada va umrbod egalik qilish huquqida bo‘lgan umumiy maydoni 22.1 gektarlik 96 ta yer uchastkasi 5.53 mlrd so‘mga xususiylashtirildi. Natijada fuqarolar va tadbirkorlar ushbu yer uchastkalarini garovga qo‘yish yoki bo‘lib-bo‘lib sotish imkoniyatiga ega bo‘ldilar».


Shuni ham ta’kidlash joizki, 2026-yil davomida savdolarga 208.6 mlrd so‘mlik 64 ta davlat aktivi chiqarilib, shundan 26 ta aktiv 120.6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. Hozirgi vaqtda auksion savdolarida jami 118 mlrd so‘mlik 38 ta davlat aktivi turibdi. Bundan tashqari, 2026 yilda elektron onlayn-auksionlar orqali umumiy maydoni 161 gektarlik 984 ta yer uchastkasi 120,7 mlrd so‘mga sotildi. Bugungi kunda umumiy maydoni 147,6 gektarlik yer uchastkalarining elektron onlayn-sotuvlari davom etmoqda.


Tadbirda Prezidentning 177-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilga mo‘ljallangan Xususiylashtirish dasturi doirasidagi yangi imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xarid qilinganda 15 foiz miqdorida bo‘nak (avans) to‘lanishi nazarda tutilgan bo‘lib, qolgan summa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin. Bundan tashqari, Andijon viloyatidagi davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari uchun ularning qiymati 2027 yil 1 yanvargacha olti oy davomida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatidan 25 foiz miqdorida chegirma berilishi belgilangan. Ushbu imkoniyatlar tadbirkorlar va investorlar uchun yangi loyihalarni amalga oshirish hamda biznesni kengaytirishda muhim ko‘mak bo‘ladi.


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
matbuot xizmati

112 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech