Yangiliklar

14 Aprel 2026

Rasmiy munosabat

Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali “Oltinkoʻl tumani Gulbogʻ mahallasidagi eski maktab binosi tuman xokimi tomonidan mahallamizdagi tadbirkor ham deb boʻlmaydigan Shavkat ismli shaxsga berib yuborildi” deb eʼlon qilingan shikoyatga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joyiga chiqgan holda oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida, Xalq Deputatlari Suvyulduz qishloq soveti ijroiya komitetining 1989-yil 28-avgust kungi №8-sonli qaroriga asosan Oltinkoʻl tuman Gulbogʻ mahallasidagi 20-brigada xududidan 50 oʻrinli bogʻcha qurish uchun 3500 kv.metr boʻlgan yer maydoni ajratilgan va mahalla aholisi tomonidan hashar yoʻli bilan bolalar bogʻchasi qurilgan.

Ushbu bino va uning foydalanishda boʻlgan yer maydoniga boʻlgan xuquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan va kadastr xujjatlari rasmiylashtirilmagan.

Obyekt, Ziyoydinov Avazbek Azamjonovichga 2018-yilda zamonaviy tipdagi bоlalar bogʻchasi tashkil etish uchun ajratib berilgan boʻlib, Ziyoydinov Avazbek tomonidan mavjud bino-inshootlar buzilgan.

Boʻsh yer maydonida zamonaviy tipdagi bоlalar bogʻchasi tashkil etilmasdan, ushbu boʻsh yer maydoniga 2019-yilda dastur asosida 10 dona naʼmunaviy uylar qurilgan.

Ushbu hududda maydoni 900 kv.metr boʻlgan yer maydoni boʻsh qolganligi sababli, Gulbogʻ MFY mahalla faollari yigʻilishida tuman hokimi O.Rasulov tomonidan mahalla faollari tavsiyasiga muvofiq Davlatov Xikmatilloning bolalar bogʻchasi tashkil etish loyihasi maqullangan.

Hozirda, belgilangan tartibda, boʻsh turgan 900 kv.metr boʻlgan yer maydonidan samarali foydalanish va bolalar bogʻchasi tashkil etish loyihasini joylashtirish boʻyicha Oltinkoʻl tuman hokimligi bilan auksion savdosiga chiqarish ishlar amalga oshirilmoqda.

124 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech