2025-yil I yarim yillik yakuni boʻyicha Raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 44 ta davlat organi, 33 ta xoʻjalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 91 ta davlat tashkilotlari qamrab olingan reyting baholash natijalariga koʻra, Davlat aktivlari agentligi Ochiqlik va elektron ishtirok indeksida 22 ball, Elektron davlat xizmatlari indeksida 19,1 ball, Axborot xavfsizligi indeksida 19 ball, Faoliyatni raqamlashtirilganlik indeksida 23.8 ball hamda Tashkiliy qism indeksida 13,6 ball, jami 100 balldan 95,5 ball natija bilan davlat organlari oʻrtasida 2-oʻrinni egalladi.
Xususan, 2025-yilning I yarim yilligida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tizim faoliyatida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ochiqlik, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Davlat aktivlari agentligi tomonidan anʼanaviy koʻrsatiladigan jami 18 ta davlat xizmatlari toʻliq raqamlashtirilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlarni koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.
- Joriy yilda Davlat mulki obyektlari hisoboti (“property.davaktiv.uz”) axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
- Davlat aktivlari agentligining rasmiy “Davaktiv” mobil ilovasi iOS va Android tizimlari uchun ishlab chiqilib, “App Store” va “Google Play” platformalariga joylashtirildi.
App Store: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.davaktivmi&hl=uz
Google Play: https://apps.apple.com/us/app/davaktiv/id6740553761
- Davlat aktivlari agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi «Elektron hukumat» tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 5 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi.
- Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Davlat aktivlari agentligining 2 ta axborot tizimlari axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvardagi 54-son qaroriga muvofiq, Davlat aktivlari agentligining rasmiy veb-sayti “Yagona darcha” tamoyili asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portaliga toʻliq oʻtkazildi (www.gov.uz/davaktiv).
- “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali sotilgan mulklarni shartnomalarini rasmiylashtirish jarayoni toʻliq raqamlashtirilib, elektron raqamli imzo (QR kod) bilan shartnomalarni tasdiqlash imkoniyat yaratildi.
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi xodimlari soha boʻyicha malakalari oshirilib, mahalliy hamda xalqaro IT sertifikatlariga ega boʻldi.
Bundan buyon ham, Davlat aktivlari agentligi tomonidan aholi va tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, yangi xizmatlar raqamlashtirilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portaliga joriy etilib, mavjud axborot tizimlar va maʼlumotlar bazalari takomillashtirilib boriladi.