Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 3-aprel kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,
-Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2026-yil 17-martdagi OʻRQ–1122-son Qonuni;
-Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonuni;
-Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.
Oʻquv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur normativ hujjat boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2026-yil 17-martdagi OʻRQ–1122-son Qonuni muvofiq, quyidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarda:
“Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunida davlat mulkini xususiylashtirish tartiblari;
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunida Oʻzbekiston Respublikasining mulkini tasarruf etish davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi va davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagiqonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, respublika hududida joylashgan, Ittifoqqaramogʻida boʻlib kelgan davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari etiboʻzgartirish, ularni mulkning boshqa shakllariga oʻtkazish faqat OʻzbekistonRespublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshirilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi va “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarida davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish hamda ijaraga berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar doirasida yuzaga keladigan nizolar va daʼvolarga nisbatan mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilishi;
Yer kodeksida xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualarini va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalarini, savdo-koʻngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan xolda yer toifasini boshqa toifaga oʻzgartirish uchun asos boʻlishi;
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunida undiruvni qarzdorning pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish (bunda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻsh yer uchastkalari mustasno);
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanishi, bundan xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish xamda davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga fond birjasi orqali sotish hollari mustasnoligi;
“Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonunida davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot vakolatli davlat organining va (yoki) uning hududiy boshqarmalarining, jalb etilgan savdo tashkilotchisining hamda investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi, “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlardan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va xususiylashtirish jamgʻarmasidan kelib tushadigan, faqat tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladigan mablagʻlar boʻyicha normalar chiqarib tashlanganligi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi va “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlaridan davlat mulki boʻlgan obyektlarni yoki ularga boʻlgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati boʻyicha investorga berish boʻyicha normalar chiqarib tashlanganligi;
Soliq kodeksida davlat koʻchmas mulkini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorlar tomonidan yer va mol-mulk soliqlari ushbu obyektlar uchun toʻlangan mablagʻlarga proporsional ravishda toʻlanishi;
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejasiga muvofiq:
sanoat zonalari infratuzilma bilan taʼminlangandan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingandan soʻng ular hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi;
xususiy investorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda infratuzilma bilan taʼminlash ishlarining amalga oshirilishiga ruxsat berilishi, keyinchalik ushbu xarajatlarni sanoat zonalarining mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilishibelgilandi.

