Yangiliklar

24 Avgust 2026

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidentini Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini mamlakat tarixida ilk marotaba bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Yangi Qurultoy Qozogʻistonda izchil islohotlarni yanada ilgari surishda muhim omil boʻlishi, keng koʻlamli oʻzgarishlarni qonunchilik jihatidan samarali taʼminlashi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga yangi surʼat bagʻishlashiga ishonch bildirildi.

Suhbat davomida davlat rahbarlari Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat hududlari oʻrtasida ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashdilar.

9 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech