Yangiliklar

04 Noyabr 2024

Qonunining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy  boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 1-noyabr kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,

-O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktyabrdagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-980-son Qonuni;

-O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-419-son Qonunining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

O‘quv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti tomonidan yuqoridagi normativ –huquqiy  hujjatilarining xar bir moddasi yuzasidan tushuntirishlar berildi.  

 

20 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech