Yangiliklar

27 Oktyabr 2026

Andijon tumanida 100 örinli yangi zamonaviy bolalar boğçasi foydalanişga topşirildi

ANDIJON TUMANIDA 100 ÖRINLI YANGI ZAMONAVIY BOLALAR BOĞÇASI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI

Andijon tumani Tolmazor mahallasi aholisi uçun Mahallada böş turgan bino zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, 100 örinli “Modern Kids” nomli nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti sifatida foydalanişga topşirildi.

Tadbirda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Andijon viloyati hududiy boşqarmasi boşliği, Andijon tumani hokimligining mas’ul vakillari hamda mahalla nuroniylari iştirok etib, boğçada bolajonlar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan tanişdilar.

E’tiborlisi, uşbu loyiha böş turgan davlat mulkidan samarali foydalanişning amaliy namunasidir. Mazkur bino Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi PQ-395-son qarori hamda elektron onlayn-auksion natijalariga asosan, 2025-yil 29-aprelda rasmiylaştirilgan DA-1266429-sonli bayonnomaga muvofiq, 951,2 million sömga sotilgan.

Investitsiya majburiyatlariga muvofiq, investor tomonidan 12 oy davomida 8 milliard söm investitsiya kiritiş va 35 ta yangi iş örni yaratiş belgilangan. Şuningdek, obyektdan nodavlat ta’lim muassasasi sifatida foydalaniş va uşbu faoliyat turini saqlab qoliş şarti nazarda tutilgan.

Uşbu taşabbus nafaqat böş turgan davlat mulkini iqtisodiy muomalaga jalb etiş, balki mahallada yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda bolalar uçun sifatli maktabgaça ta’lim xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.

Davlat mulkidan samarali foydalaniş — yangi imkoniyatlar, yangi iş örinlari va aholi farovonligi sari muhim qadam!

45 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech