Yangiliklar

17 Fevral 2025

Milliy libos maʻnaviyat koʻzgusi!

Hozirgi vaqtda, oʻzbekona kiyinish madaniyatini yanada shakllantirishga va qadriyatlarimizni asrab-avaylashga doir "Milliy libos maʻnaviyat koʻzgusi" nomli milliylik targʻibot tadbirlari (chellendj) keng oʻtkazib kelinmoqda.

Shu boisdan, oʻzbekona kiyinish madaniyatini targʻib qilish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari milliy liboslarda oila aʼzolari bilan birgalikda, Andijon davlat madaniyat va tarix muzeyiga tashrif buyurishdi hamda u yerda oʻzbek xalqiga mos boʻlgan milliy anʻana, urf-odat va qadriyatlar yodga olinib, milliylikka boy boʻlgan vatanimiz, shu jumladan Andijon tarixi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Bu kabi targʻibot tadbirlari jamiyatimizda maʻnaviy muhitni rivojlantirish va yosh, o'sib kelayotgan farzanlarimiz qalbida milliy qadriyatlarimizga boʻlgan muhabbat tuygʻularini joʻsh urishiga hissa qoʻshishidan dalolat beradi.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech