Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi “Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar
toʻgʻrisi” dagi 523-sonli qaroriga muvofiq Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida “Mebelsozlik kompleksi” kichik sanoat zonasini tashkil qilish vazifasi belgilangan.
Bugungi kunda Oltinkoʻl tumani umumiy maydoni 16,0 gektar boʻlgan “Mebelsozlik kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil qilindi. Ushbu majmuada qurilgan doʻkonlar va xizmat koʻrsatish binolari E-auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib,bosqichma-bosqich 600 dan ziyod savdo doʻkonlari tadbirkorlarga 130 mlrd soʻmga sotildi.
Jamshidbek ISROILOV,
“Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Andijon viloyati hududiy vakili

