Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 18-oktyabr kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,
-O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-210-sonli qarorining mazmun-mohiyatini еtkazish va tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bosh yuriskonsulti tomonidan yuqoridagi normativ –huquqiy hujjatilarining xar bir moddasi yuzasidan tushuntirishlar berildi.