Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 16-fevral kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,
Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to’qnashuvini oldini olish bo`yicha tayyorlangan taqdimot bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti bo’yicha batafsil ma'lumot berildi.

