Yangiliklar

09 Noyabr 2026

Davlat aktivlari agentligi ma’muriy binosi 251,5 mlrd sömga sotildi

2026-yil 9-noyabr kuni “E-auksion” elektron platformasida Toşkent şahrining Mirobod tumanida joylaşgan Davlat aktivlari agentligining ma’muriy binosini sotiş böyiça savdolar bölib ötdi.

Boşlanğiç qiymati 165,5 mlrd söm bölgan obyekt 251,6 mlrd sömga sotildi. Yakuniy narx boşlanğiç narxdan 52 foizga oşdi.

Ta’kidlaş joizki, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining ma’muriy binosi 2025-yil avgust oyida 165,5 mlrd sömlik boşlanğiç narxda oçiq auksion savdolariga çiqarilgan edi.

Sotiş jarayoni vazirliklar, idoralar va ularning idoraviy mansub taşkilotlarini Yangi Toşkentga köçiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda. Uşbu dastur poytaxtdagi 83 ta köçmas mulk obyektini realizatsiya qilişni nazarda tutadi.

Bugungi kunga kelib, Toşkent şahrida vazirlik va idoralarning 8 ta ma’muriy binosi umumiy 1 120,4 mlrd söm mablağga sotilganini ma’lum qilamiz. Yana
11 ta obyekt, jami 1 020,5 mlrd söm boşlanğiç qiymat bilan savdoga qöyilgan.

Böşatilayotgan ma’muriy binolarni realizatsiya qilişdan tuşadigan mablağlar Yangi Toşkentda ma’muriy infratuzilmani barpo etişga yönaltiriladi.

Davlat köçmas mulk obyektlarini oçiq elektron savdolar orqali realizatsiya qiliş jarayonining şaffofligini ta’minlaş hamda tuşgan mablağlarni davlat organlarining zamonaviy infratuzilmasini şakllantirişga yönaltiriş imkonini beradi.

Davlat aktivlari
agentligi matbuot xizmati

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech