Yangiliklar

24 Avgust 2026

Mahalliy yuk avtomobillari eksport geografiyasini kengaytirmoqda

2023 yilda faoliyatini boshlagan “Van Universal Motors” MCHJ bugun yuk avtomobillari ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va eksport yo‘nalishlarini kengaytirish borasida izchil ish olib bormoqda.

Korxonada hozirda 7 xil modeldagi yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Ayrim butlovchi qismlarni mahalliylashtirish hisobiga ushbu ko‘rsatkich 30 foizga yetkazilgan.

Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida yangi sanoat maydonida qo‘shimcha quvvatlar barpo etilmoqda. Kelgusida 12 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega transport vositalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Korxona mahsulotlari bugun Tojikiston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi eksport geografiyasini yanada kengaytirish imkonini beradi.

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech