Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Murodov tomonidan tasdiqlangan “Iyun-avgust oylari payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida rahbarlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbir va loyihalar Reja-grafigi”ning 2.2-bandida Agentlik xodimlari orasida kitobxonlar sonini yanada ortishi maqsadida, taniqli yozuvchilar va shoirlar ishtirokida badiiy kechalarni tashkil qilish belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan, “Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni” doirasida joriy yilning 16-iyul kuni Davlat aktivlari agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasida badiiy kecha tashkil etilib, mazkur tadbirga Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir, mohir qalam ustasi Meliyev Orifjon taklif qilindi.
Badiiy kechada shoir Meliyev Orifjon oʻz ijod yoʻli bilan oʻrtoqlashib, qalamiga mansub boʻlgan sheʼrlardan oʻqib eshittirdi. Tadbir qiziqarli savol-javoblar bilan yakuniga yetkazildi.

