ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHUN “KELAJAKKA QADAM” LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR DARS O‘TKAZILDI
Tadbirda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, fakultet dekanlari, bitiruvchi talabalar va yosh tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlardan iborat ishtirokchilar qatnashdilar.
Seminar davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, "E-auksion" platformasidan foydalanish, biznes-reja tuzish, soliq tizimi va grant dasturlarida ishtirok etish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda bitiruvchilarning o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, uni hayotga tatbiq etish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

