Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Yanvar 2023

20-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

3 787 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 13,8 mlrd so‘mlik 494 ta mulk 22,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 39 ta
  • Boshlang‘ich narxi 128 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Samarqand shahridagi yillik ijara stavkasi 12 mln so‘m bo‘lgan "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ Samarqand filiali binosining bir qismi 24 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 97 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 10,9 ga
  • Bo’stonliq tumanidagi narxi 5,2 mln so‘mlik mehmonxona qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 241,4 mln so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati, Paxtachi tumanidagi narxi 6,8 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 13 sotix yer uchastkasi 402,7 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 22 ta
  • boshlang‘ich narxi 5,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 93,5 mln so‘m
  • Xiva shahridagi boshlang'ich narxi 0,1 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 13,5 mln so'mga sotildi.

Sud va boshqa organ hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 44 ta
  • boshlang‘ich narxi 8,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,3 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi narxi 779 mln so‘mlik do’kon, ishlab chiqarish va stomatologiya poliklinikasi binosi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 1 834 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,4 trln so‘m bo‘lgan 121 088 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2492 Chop etish