Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Fevral 2023

1-fevral sanasida oʻtkazilgan onlayn savdolar natijasi

9 308 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlangʻich narxi 15,2 mlrd soʻmlik 1 871 ta mulk 16,5 mlrd soʻmga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • soni 9 ta
  • Boshlangʻich narxi 11,8 mlrd soʻm
  • Sotilgan narxi 12,5 mlrd soʻm
  • Asakabank” AJga qarashli narxi 7,8 mlrd soʻmlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi bino-inshootlari 8,2 mlrd soʻmga sotildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 63 ta
  • boshlangʻich narxi 2,7 mlrd soʻm
  • sotilgan narxi 3,2 mlrd soʻm
  • yer maydoni 3,7 ga
  • Samarqand shahridan narxi 1,7 mlrd soʻmlik yer osti va yer usti avtoturargohi qurish uchun 24 sotix yer uchastkasi 1,9 mlrd soʻmga sotildi.
  • Chirchiq shahridan narxi 114,4 mln soʻmlik yoshlar sanoat zonasidagi 10 sotix yer uchastkasi 137,3 mln soʻmga sotildi.
  • Toshkent viloyati, Qibray tumanidan narxi 84 mln soʻmlik un, don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 6,4 sotix yer uchastkasi 92,4 mln soʻmga sotildi.
  • Namangan shahridan narxi 82,3 mln soʻmlik koʻp qavatli uy-joy qurish uchun 5,8 sotix yer uchastkasi 98,8 mln soʻmga sotildi.

Koʻchma savdo joylari:

  • soni 84 ta
  • boshlangʻich narxi 16,1 mln soʻm
  • sotilgan narxi 46,3 mln soʻm
  • Kogon tumanidan boshlangʻich narxi 0,5 mln soʻmlik koʻchma savdo joyi 2,8 mln soʻmga sotildi.

Oʻtkazilgan savdolarda 2 953 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, boshlangʻich narxi 9,4 trln soʻm boʻlgan 176 784 ta lot savdoga qoʻyilgan.

2333 Chop etish