Yangiliklar

23 Avgust 2026

Jalaquduq tumanida investitsiyaviy loyihalar ko‘lami kengayib, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilmoqda.

Xitoyning «Huazhang International» kompaniyasi tomonidan zamonaviy polikarbonat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan mazkur investitsiyaviy loyiha doirasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yangi ishlab chiqarish majmuasida zamonaviy texnologiyalar asosida bozorda talab yuqori bo‘lgan polikarbonat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxona faoliyatining dastlabki kuniyoq mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqoriligi namoyon bo‘ldi. Xususan, ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha qo‘shni davlatlar vakillari bilan shartnomalar imzolandi.

Bu esa korxona mahsulotlarining nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham raqobatbardosh va talab yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Korxonaning asosiy maqsadlaridan biri — eksport salohiyatini oshirish. Kelgusida mahsulotlarni xorijiy davlatlariga eksport qilish hajmini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, bunday investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishi hududning sanoat salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yangi korxonaning ishga tushirilishi Jalaquduq tumanida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech