Andijonda “Innowomenweek-2025” ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion haftaligi o‘tkazilmoqda
Mamlakatimiz xotin-qizlarini tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish, ularni o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish maqsadida bugun, Andijon davlat texnika institutida “Innowomenweek-2025” xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Ayol, biznes, innovatsiya” o‘quv seminari va “Yangi O‘zbekistonning tadbirkor ayollari” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.