Yangiliklar

10 Sentyabr 2026

Andijonda tadbirkorlar va o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolar uchun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Andijonda tadbirkorlar va o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolar uchun muhim uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini bevosita tinglamoqda.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan yangi qabul qilingan PF-177 sonli farmonda belgilangan imtiyozlar haqida tanishtirib o'tdi.

PF-177 son farmonda Andijon viloyati bo'yicha boshlang'ich narxi 1 mln so'mdan 1 ta obyekt, 1 ta xo'jalik jamiyatidagi davlat ulushi, 51 ta ko'chmas mulk obyekti, hamda 250 ga yer uchastka maydoni tayyor paket shaklida auksion savdolarida qo'yilishi belgilangan.

Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirish, mavjud faoliyatni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amaliy yordam va ko‘maklar ko‘rsatilmoqda.

129 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech