Yangiliklar

14 Iyul 2025

“Hamkorbank” ATBning ustav fondidagi 0,004% davlat ulushi birja savdolariga chiqarilmoqda.

Hamkorbank ATBning ustav fondidagi 0,004% davlat ulushi birja savdolariga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmoniga asosan “Hamkorbank” ATBning ustav fondidagi 0,004 foiz davlat ulushi (aksiya paketlari) birja savdolariga chiqarilmoqda.

➖ Aksiyalar soni - 4 920 000 dona;
➖ Bir dona aksiyani narxi 26.96 so‘m;
➖ Aksiyalar paketining umumiy narxi 132 643 200 so‘m;
➖ Savdo tashkilotchisi - “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ;
➖ Lotlar soni 4 920 000 ta.

Savdolar “Toshkent” RFBning ommaviy savdolarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan RO-maydonchasida 14.08.2025 yildan boshlanadi.

Talabgorlar investitsiya vositachilari yordamida aksiya paketini sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin.

Birja savdolari eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Murojaat uchun: 909939558

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech