Andijon viloyati
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bugun, 18-aprel kuni «Sport kuni»ni munosib nishonladilar!
Jamoamiz a’zolari bugun ertalab sport maydonchasida birlashib, tongi chig‘allikni bartaraf etish uchun quvnoq va jo‘shqin mashqlar bilan kunni boshladilar. Isitish mashqlaridan so‘ng esa haqiqiy sport bayramiga aylangan musobaqalar boshlandi.
Xodimlarimiz futbol maydonlarida qizg‘in bellashdilar, Yengil atletika bo‘yicha yugurish, sakrash va boshqa yo‘nalishlarda ham kuchli raqobat va do‘stona muhit hukm surdi. Har bir ishtirokchi o‘z mahoratini namoyon etdi, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan holda jamoaviy g‘alabaga hissa qo‘shdi.
Bu sport kuni nafaqat jismoniy faollikni oshirish va tanani sog‘lomlashtirishga xizmat qildi. Eng muhimi — xodimlar o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamladi, do‘stlik rishtalarini bog‘ladi va sog‘lom turmush tarzini jamoaviy odatga aylantirishga katta turtki berdi.
Sport — bu nafaqat kuch va epchillik, balki bir jamoa sifatida birlashish, bir-birimizni yaxshiroq tushunish va birgalikda yutuqlarga erishish demakdir!
Har bir ishtirokchi o‘z mahoratini namoyon etdi, jamoaviy ruh esa ajoyib edi!
Sog‘lom bo‘ling, faol bo‘ling, doimiy rivojlaning!
#SportKuni #DavlatAktivlari #Andijon #SogLomTurmushTarzi

