2025-yil 1-oktyabrdan boshlab mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish boʻyicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi. Dastur doirasida
Mahallalardagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini oʻzgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga xarid qilingan boʻsh turgan davlat mulki obyekti (yer uchastkasi)ning qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish va tasarruf etish huquqi beriladi;
elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlangʻich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizdan, lekin koʻpi bilan 50 foizgacha pasaytirilgan holda va sotib olish toʻlovlarini uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan savdolarga chiqariladi.
Jamshidbek ISROILOV,
“Yelektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Andijon viloyati hududiy vakili