Yangiliklar

31 May 2024

Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan Zilzila Mobile dasturi ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan zilzilada aholining barcha qatlamini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil ilovasi (Zilzila Mobile) yaratildi


Mazkur mobil ilova keng jamoatchilik tomonidan bepul yuklab olish uchun Google play (Play Market) platformasiga (Zilzila Mobile) nomi bilan joylashtirilgan.

Zilzilada aholining barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishiga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil ilovadan foydalanish uchun Play Market platforamasidan ushbu mobil ilovani Android tizimda ishlovchi mobil telefonlarga yuklab olish talab etiladi. Yuklab olingan ilova o‘rnatilgandan so‘ng foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan til tanlanadi. Ilovada uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlash imkoniyati yaratilgan.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech