Yangiliklar

23 Iyul 2026

"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari amalda!

"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari amalda!

Yurtimizda aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar jadal davom etmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Jalaquduq tumani "A.Raxmonov" MFYda boʻlib, xonadonbay oʻrganishlar oʻtkazmoqda.

Maqsad aniq — har bir oilaning barqaror daromad manbayiga ega boʻlishiga koʻmaklashish!

Jarayonda xonadonma-xonadon yurilib, ehtiyojmand oilalarga quyidagi yoʻnalishlarda amaliy yordam koʻrsatilmoqda:

Ehtiyojmand oilalarga 20 tadan tovuq hamda,
Fuqarolarni doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish;
Oʻz tadbirkorligini boshlash istagida boʻlganlarga imtiyozli kreditlar ajratish;
Daromad keltiruvchi faoliyatini kengaytirish uchun foizsiz ssudalar taklif etish.

Ushbu amaliy choralar natijasida oilalarning moddiy ahvoli yaxshilanib, ular ijtimoiy reyestr va koʻmak roʻyxatlaridan bosqichma-bosqich chiqarilishi ta’minlanmoqda.

Inson qadri va uning farovonligi — ustuvor vazifa!

113 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech