#Muhim_sana
Har yili 23 iyun kuni dunyo miqyosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ushbu sana davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, shaffoflik va fidoyilikni targ‘ib qilish, shuningdek, davlat xizmatchilari faoliyatini e’tirof etishga, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdagi yuqori standartlarni taklif qilishga qaratilgan.
Mazkur bayram 2003 yilda BMT Bosh Assambleyasining 57-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiya asosida joriy etilgan. Keyinchalik, Bosh Assambleyaning 60/34-sonli rezolyutsiyasida ushbu kunda davlat xizmati sohasiga e’tiborni yanada kuchaytirish va uning yutuqlarini keng targ‘ib etish muhimligi alohida qayd etilgan.
Sana munosabati bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilariga fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyat hissi va Vatanga sadoqati uchun minnatdorlik bildiradi. Har bir davlat xizmatchisining sa’y-harakatlari ortida yurtimizda samarali boshqaruvni rivojlantirish, fuqarolarga sifatli, adolatli, tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek, barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish maqsadi mujassam ekanligini qadrlaymiz.
O‘zbekistonni yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyat yuritayotgan barcha davlat xizmatchilariga yangi-yangi zafarlar tilaymiz. Har bir harakatimiz — inson qadri va farovonligi uchun!