O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining umumiy mazmun-mohiyati
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasida Boshqaruv samaradorligi agentligi Andijon viloyati filiali rahbarining o‘rinbosari X.Akbarov ishtirokida seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 iyundagi PF-95-son Farmoni mazmun-mohiyati bilan tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda ishtirok etgan filial rahbarining o‘rinbosari X.Akbarov tomonidan Farmon mazmun-mohiyati, tanlov o‘tkazish tartibi, kadrlar zaxirasi, davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi, ularni kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz ravishda oshirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar taqdimot mavzulari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
Xayotbek AKBAROV
Agentlikning Andijon viloyati filiali rahbar o‘rinbosari