Andijon shahar Bo‘ston MFY hududida joylashgan 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026/2027 o‘quv yilini boshlanishi munosabati bilan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida jami 300 nafar, shu jumladan, 30 nafar o‘qituvchi va faxriy ustozlar, birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi, Shahar nuroniylar bo‘limi vakillari hamda «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etishib, barcha o‘quvchilarni, ustoz va murabbiylarni «Bilimlar kuni» tadbiri bilan samimiy muborakbod etdilar.

