Andijonda boshqaruv kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi Andijon viloyati filiali hamda Andijon viloyati hokimligi hamkorligida “Hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun strategik samaradorlik va zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda davlat organlari va tashkilotlardagi davlat xizmatchilar ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuvlarning asosiy maqsadi hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlarining strategik fikrlash, samarali boshqaruv, natijadorlikka yo‘naltirilgan faoliyat, zamonaviy boshqaruv texnologiyalari hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Tadbirda davlat boshqaruvi tizimida inson kapitalini rivojlantirish, rahbar va mutaxassislarning strategik fikrlash, samaradorlikni boshqarish, zamonaviy liderlik hamda boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

