Yangiliklar

01 Fevral 2025

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish qaysi hollarda qat’iy talab etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 200-son qaroriga asosan bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘yicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral ko‘chalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qat’i nazar kelishish talab etiladi.

Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi qaysi tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 200-son qaroriga asosan bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.

Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash“ to‘g‘risidagi 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan ”Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydigan holat qaysi?

Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning ma’muriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech