Yigʼilishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi boshligʼi O.Аlimjanov hamda viloyat sudi raisi oʼrinbosari Sh.Mirzaev, viloyatda faoliyat yuritayotga sud boshqaruvchilari hamda Soliq boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi, Moliya boshqarmasi, Аsakabank viloyat boʼlimi, "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" Davlat unitar korxonasi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishda Аndijon viloyati iqtisodiy sudlari tomonidan bankrotligi eʼtirof etilib tugatish ishlari bir yildan ortiq davom etayotgan 38 ta bankrot korxona sud boshqaruvchilari xamda iqtisodiy sud, soliq, majburiy ijro byurosi , moliya xamda "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" Davlat unitar korxonasi masʼul shaxslari bilan bankrot korxona muammolari chuqur taxlil qilinib, xal qilish yuzasidan kelishib olindi va bunday yigʼilishlar muntazam oʼtkazib borilishi belgilandi.