Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 24-fevral kuni oʼtkazilgan Yoshlar bilan uchrashuvida Oʼzbekistonda har xaftaning payshanba kuni, vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" boʼlishi belgilandi. Shu kuni sohaga masʼul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitish va muammosini hal qilish belgilab berilgan.
Topshirigʼ boʼyicha joriy yilning 9-aprel kuni navbatdagi Davlat aktivlari agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi boshligʼiga biriktirilgan Jalaquduq tumani А.Raxmonov mahallasidagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Ishga joylashish istagidagi yoshlar maʼlumotlari oʼrganilib tegishli masʼul tashkilotlar bilan ishga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari chorvachilik yoʼlga qoʼyish maqsadida 100 mln soʼm kredit olish istagidagi А.Toxirov Аloqa bank yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit tariflari bilan tanishtirildi, soʼragan kerakli xujjatlar toʼplanib bankga topshirildi hamda imtiyozli kredit olish soʼrovi yuborildi.

