Yangiliklar

09 May 2026

Xotira abadiy, qadriyatlar muqaddasdir

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan urush qatnashchilari hamda Vatan himoyachilari xotirasi chuqur hurmat bilan yod etildi.

Tadbir davomida boshqarma xodimlari tomonidan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar va gullar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun kurashgan vatandoshlarimiz xotirasiga ehtirom bajo keltirildi.

Xotira va qadrlash kuni — bu nafaqat o‘tganlarni yod etish, balki bugungi tinchlikning qadriga yetish, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash kunidir.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi barcha faxriylar, mehnat fronti qatnashchilari hamda yoshi ulug‘ insonlarga chuqur hurmat bajo keltiradi hamda ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va xonadonlariga fayzu baraka tilaydi.

 

127 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech