Yangiliklar

19 May 2026

Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi

Haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 27–31 may dam olish kunlari bo‘ladi.

2026 yilda Qurbon hayiti 27 may, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Demak, 2025 yil 24 dekabr kuni imzolangan prezident farmonida belgilangan sanalardan kelib chiqilsa, 27 maydan boshlab barcha xodimlar 5 kun dam olishadi.

Farmon bilan, 28–29 may (payshanba–juma) kunlari barcha uchun qo‘shimcha dam olish kunlari, 30 may, shanba kuni esa 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.

Natijada oy oxirida ish haftasi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi:

  • 27 may, chorshanba – Qurbon hayiti;
  • 28 may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 29 may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 30 may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun odatiy dam olish kuni;
  • 31 may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.

 

 

3 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech