Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298 son qaroriga koʻra, Tanlab olingan tumanlarda 200 gektardan yer auksionga chiqariladi va shahar va tumanlarga "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)" maqomini berib, ularni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududlarga aylantiriladi.
Xududlarda aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun qulay muhit yaratish va infratuzilmani yaxshilash orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga katta turtki berish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, qishloq, mahallalariga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi qishlok, tumanlarida 2 ta dan mahallaga "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla" maqomini berib, ularga shahar muhiti va yashash sharoitlarini olib kirish boʻyicha yangi yondashuvlar amaliyotga joriy etilmoqda. Shuningdek sanoatni jadal rivojlantirish kerakligi belgilandi. Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla va unga tutash boʻlgan mahallalardagi boʻsh yer maydonlarida mikrosanoat, xunarmandchilik va xizmat koʻrsatish markazlarini tashkil etish sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish hamda muhandislik infratuzilmasi mavjud hududlarda yangi sanoat zonalarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2026-yil 1-fevralga qadar "Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman" maqomi berilgan tumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga muvofik, tuman hokimliklari zaxirasida mavjud boʻsh turgan yer maydonlari hajmidan kelib chiqqan holda kamida 200 gektardan qishloq, xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilab qoʻyildi.
Jamshidbek ISROILOV,
“Yelektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Andijon viloyati hududiy vakili

