Yangiliklar

30 Iyun 2026

Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 18-sonli qaror mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Andijon viloyati hududiy  boshqarmasi hamda Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish Markazi viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida joriy yilning 26-iyun kunida boshqarmaning Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti S.Nazirova tomonidan,

-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarorining;

-Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi  OʻRQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. 

Oʻquv seminarda boshqarma Shartnomaviy–huquqiy munosabatlar va daʻvo ishlarini yuritish boʻyicha bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur normativ hujjat boʻyicha  tushuntirishlar berildi.  

69 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech