Jismoniy va yuridik şaxslar özlariga tegişli yer uçastkalarini (Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini) masofadan turib xususiylaştirişlari mumkin
Fuqarolar özlariga tegişli hovli-uylar (köp qavatli uylar bundan mustasno) joylaşgan yer uçastkasini qanday xususiylaştiradi?
Bugungi kungaça yer uçastkalarini tadbirkorlik faoliyati uçun beriş, ya’ni auksion orqali sotiş amaliyoti mavjud edi.
Vazirlar Mahkamasining 2022y 14 fevraldagi 71-sonli qarori bilan, “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi qonun asosida 3 ta tartib işlab çiqildi:
- Jismoniy va yuridik şaxslarning özlariga tegişli bölgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş tartibi;
- Tadbirkorlik faoliyati uçun yer uçastkalarini auksionga qöyiş;
- Yakka tartibdagi uy-joylarning yer uçastkalarini mulk huquqi asosida sotib oliş.
Fuqarolarimizda yakka tartibdagi uy-joy, yuridik şaxslarda esa noturar bino-inşootlar mavjud. Ular özlariga tegişli köçmas mulkning yer uçastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş orqali xususiylaştirib olişi mumkin böladi (agar bino kadastrdan ötmagan bölsa, yerni xususiylaştiriş mumkin bölmaydi).
Yerni xususiylaştiriş uçun qança mablağ tölanadi?
Barçamiz yer uçastkasiga yer soliği tölaymiz. Mulkdorlar, yerdan foydalanuvçilar uçun xususiylaştiriş tölovi mazkur yer uçastkasi uçun hisoblangan yer soliği miqdorining 20 barobari deb belgilangan.
Masalan: agar fuqaro bitta hovliga bir yilda 200 ming söm soliq tölaydigan bölsa, (bunda mol-mulk soliği qöşib hisoblanmaydi, aynan yer uçastkasiga tölanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylaştiriş uçun 2 mln söm tölov amalga oşiriladi. Mana şu tölov amalga oşirilgandan keyin ma’lumotlar billing tizimida hisobga olinib, davlat organlari tomonidan öşa yer uçastkasiga bölgan davlat orderi beriladi. Mazkur order asosida kadastr organlari yer uçastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat röyxatidan ötkazadi.
Har bir jismoniy va yuridik şaxs öziga tegişli bölgan yer uçastkasini faqat özi sotib olişi mumkin. Bu auksionga qöyilmaydi va boşqa odam sotib olişi yoki boşqa odamga ötib ketişi mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun yer uçastkalari esa auksion savdolari orqali şaffof tarzda sotib olinadi.
Yer uçastkasini xususiylaştiriş mutlaqo ixtiyoriy: lekin bundan fuqaroga nima foyda?
Birinçidan, yerga bölgan mulk huquqiga ega bölasiz.
Deylik, “hovlimning bir qismini öğlimga hadya qilmoqçiman yoki kimgadir bermoqçiman, yarmini sotmoqçiman”, deysiz. Yer uçastkasiga bölgan mulk huquqi yer uçastkasini qismlarga bölib sotiş imkonini beradi. Qançasini kimga sotişi mulkdorning xohişi, yer – öziniki.
Ikkinçidan, yerni sizdan davlat olib qöya olmaydi, faqat sotib olişi mumkin.
Qonunçilikda davlatga tegişli yerlar yoki boşqa şaxslar foydalanişida bölgan yerlar olib qöyilişi nazarda tutiladi. Mulk huquqidan boşqa 5ta huquqqa tegişli bölgan yer uçastkalari olib qöyilişi mumkin. Siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olişingiz bilan (xususiylaştiriş orqali) davlat şunçaki sizga tegişli bölgan yerni olib qöya olmaydi.
Agar yer uçastkasi davlatga kerak bölsa, sizdan bozor narxida, şartnoma asosida sotib olişi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelişilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga ötadi. Yer “snos”ga tuşib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanişi.
Davlatga yer kerak, baribir olib qöyadi, men sotişga rozi bölmasam ham, şundaymi?
Yer kodeksida yer bu davlat mulki degan narsa yöq, yer – umummilliy mulk deyiladi.
Çet elda ham yer uçastkangiz 100 million söm turadigan bölsa, sizga şunday taklif beriladiki, siz unga rozi bölasiz, siz rozi bölsangiz, şartnoma asosida sotib oladi.
Turkiyada ham şunday holat bölgan. Aeroport qurilayotganda davlat bir boboning yerini sotib ololmagan. Butun loyiha bir neça yilga keçikib ketgan. Bunga köplab misollar keltiriş mumkin. Siz xohlasangiz, yeringizni sotasiz.
Uçinçidan, yeringizni erkin qöşiş, taqsimlaş va ajratiş huquqiga ega bölasiz.
Qonunçilikda şu kungaça mulk huquqi yer uçastkasiga nisbatan bölmagan. Yer uçastkalarini qöşib yuboriş, ajratiş va qayta taqsimlaş mexanizmlari bor. Şu mexanizmlar yer uçastkasiga mulk huquqi bölgandagina işlaydi. Bu Özbekiston şaroitida yangi narsa bölgani uçun buning samarasi 1-2 kunda körinmaydi. Buning uçun ma’lum hududda yer uçastkalariga bölgan mulk huquqi köpaysa, mexanizmlar effektini köramiz.
Oddiy misol, çet elda şunaqa holatlar bor, bir hududda 20ta yer uçastkasi bor, umumiy narxi 1 mln dollar. Şaharsozlik ehtiyojlariga qarab 20ta yer uçastkasi egalari kelişib, yer uçastkasini qayta taqsimlaş hisobiga yer narxini 3-4 barobar qimmatga oşirişi mumkin. Bunda umumiy narx 3-4 millionga yetadi. Buni endi aholi tiğiz joylarda köriş mumkin.
Törtinçidan, yerdan garov sifatida foydalaniş imkoniyati
Yerga nisbatan mulk huquqini olganingizdan keyin undan garov obekti sifatida ham foydalaniş mumkin. Yerni mulk sifatida bankka garovga qöyib ipoteka oliş imkoniyati ham yuzaga keladi.
Bu muhim!
Har bir jismoniy va yuridik şaxs öziga tegişli bölgan yer uçastkasini faqat özigina sotib oladi. Bu auksionga qöyilmaydi va boşqa odam sotib olişi yoki boşqa odamga ötib ketişi mumkin emas.
Yer uçastkalarini xususiylaştiriş uçun jismoniy va yuridik şaxslar my.gov.uz https://my.gov.uz/oz/service/313 uşbu manzil orqali onlayn murojaat qilişlari mumkin

