Yangiliklar

08 Iyul 2025

“Yangi Oʻzbekiston” massivlari bunyod etilmoqda

«Yangi Oʻzbekiston» massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida 32-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida manzilli roʻyxati tasdiqlansin.

 Prezidentimiz topshirigʻiga asosan Andijonimizda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. Loyihalarni amalga oshirishda ishbilarmonlar va tadbirkorlar hamkorlikka taklif etildi.

 "Yangi Oʻzbekiston" massivlarida qurilayotgan uy-joylar uchun barcha muhandislik tarmoqlari (markazlashgan issiqlik, ichimlik suvi, oqova tarmoqlar, elektr taʼminoti) yashil hududlar,  ijtimoiy soha (maktab, bogʻcha, shifoxona) obyektlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 Tadbirkorlar mazkur yer uchastkalarini  “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotib olishlari va uy-joy qurishlari mumkin. Sotib olingan yer uchun mablagʻlarni muddatli boʻlib toʻlash imkoni mavjud.


Jamshidbek ISROILOV,
“Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ
Andijon viloyati hududiy vakili         

3 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech